Ishlab chiqarishda isitish. Isitish sistemasining ko’rinishlari

  Isitish ishchi zonada normal ishlash sharoitini taminlash uchun havo haroratini saqlab turishga mo’ljallangandir. Isitish mahalliy va markaziy ko’rinishlarda bo’ladi. Ishlab chiqarish sharoitida mahalliy istishdan harakatdagi mashinalarning kabinalarida va asosiy ishlab chiqarish binosidan uzoqda joylashgan umumiy maydoni 500 m2 dan ko’p bo’lmagan xonalarni istishda foydalaniladi. Qolgan holatlarda markaziy isitishdan foydalaniladi.

Isitishda issiqlik manbai sifatida suv, bug’ va havodan foydalaniladi. Suv va par maxsus qozonxonalarda isitib xonalarda o’rnatilgan isitish moslamalariga quvur orqali uzatiladi. Xonalarga uzatiladigan issiq havo ko’p holda kalorifyerlarda, suv, bug’lari esa elektr yordamida isitiladi. SHunga mos ravishda isitish suv, bug’, havo bilan va kombinasiyalashgan isitishlarga bo’linadi. Suv yoki bug’ bilan isitishda isitish moslamalari sifatida radiatorlar yoki qovurg’ali quvurlardan foydalaniladi.

Havo bilan isitish sistemasi markaziy va mahalliy turlarga bo’linadi. Havo bilan isitish markaziy sistemasi haydash uskunalari bilan jihozlangan bo’ladi. Bunday isitish sistemalarida kalorifyerlar isitiladigan xonalardan tashqarida o’rnatiladi. Agar xonadagi ma’lum bir zonani isitish talab etilsa, unda mahalliy havo bilan isitish agregatlari o’rnatiladi (9.8.-rasm).

Mehnat muhofazasi nuqtai nazaridan qaraganda isitish sistemalari ishlab chiqarish binolari va ish joylarining havosi haroratini butun isitish mavsumi davomida bir xil bo’lishini taminlashi, yong’in va portlashga xavfsiz bo’lishi, shamollatish siste­malari  bilan bog’liq hamda foydalanishda qulay bo’lishi zarur.

Asosiy va remont-tiklash ishlarini bajarish uchun uzoq, vaqt yoki doimiy ravishda (2 soatdan ortiq) odamlar ishlaydigan har qanday bino va inshoatlarda isitish amalga oshirilishikerak.

Описание: 01

rasm. Havo bilan  isitish agregatining sxemasi: 1-shamollatkich; 2-suvli  radiator: 3-temir  yopgichlar.

Past bosimli suv bilan isitish sistemalarida suvning harorati isitish moslamalariga kirish vaqtida 85…95°S, ulardan kaytib chiqishda esa 65-70°S atrofida bo’ladi.

YUqori bosimli suv bilan isitish sistemasi suvni mexanik aylanishini yuzaga keltiruvchi yopiq sistemadan tashkil topgan bo’ladi. YUqori bosimli isitish sistemalari isitish   jihozlarida  harorat 120-135°S gacha etadi.

Bug’ bilan isitish sistemalari ham o’z navbatida past bosimli (70 kPa gacha) va yuqori bosimli (70 k Pa dan yuqori) bo’ladi.

Havo bilan isitish sistemalarida sovuq havo so’ruvchi shamollatkichlar yordamida kalorifyerlarning tentlariga uzatiladi va yuqori haroratli tentlar orasidan o’tishi vaqtida isigan havo xonaga yo’naltiriladi.

Ishlab chiqarishda yoritish. YOritishni turlari va ularga asosiy talablar

Ishlab chiqarishda yoritish-mehnatning muhim gigienik ko’rsatkichi, uni ilmiy tashkil etishning ajralmas qismi va ishlab chiqarish madaniyati hisoblanadi. YOrug’lik orqali biz tashqi omillarning sifati shakli haqidagi informasiyalarni ko’zimiz orqali miyamizga etkazamiz. YOrug’lik orqali biz narsalarni o’lchami, rangini osonlik bilan seza olamiz. YOrug’likda biz uzoq vaqt charchamasdan, sifatli va unumli ishlash mumkin. YOrug’likni ta’sirida ishlab chiqarishda jarayonlarni xavfsiz bajarish mumkin. Normal yorug’lik, ishlovchilarning ruhiy holatiga ijobiy ta’sir etadi. YOritish tabiiy (bevosita quyosh yordamida uning nurlarini fazodagi diffuziyasi  orqali) va sun’iy (elektrik lampalar yordamida amalga oshiriladigan) bo’ladi.

YOritishning asosiy texnik kattaliklari. YOrug’lik-bu elektromagnit spektrini ko’rinadigan nurlanishidir. Uning asosiy xarakteristikasi to’lqin  uzunligi  va tebranish chastotasi  hisoblanib ular o’zaro quyidagi bog’liqlikda bo’ladi.

                   = s/,                                      

bu yerda S-yorug’likni tarqatish tezligi.

Ko’zning sezuvchanligi ko’rinadigan spektrning har xil uchastkalarida har xil bo’ladi. YAshil spektr chegarasida to’lqin  uzunligi =554 nm da eng yuqori bo’ladi.

YOritish sifatini baholashda foydalaniladigan asosiy yorug’lik-texnik kattaliklariga yorug’lik kuchi, yoritilganlik, qaytarish koeffisienti, yorug’likning yorqinligi, yoritilganlik pulsasiya koeffisienti, yoritilganlikni notekislik koeffisienti va boshqalar kiradi. YOrug’lik oqimining fazoviy zichligini baholovchi kattalik yorug’lik deb ataladi. YOrug’lik kuchi I (KD) bu yorug’lik oqimini    df tanaga nisbatan   yoyilayotgan burchagiga d aytiladi.

I = df /d ,                                     

Platina yuzasining 1/600000 m2 maydonidan qaytayotgan yorug’lik kuchi uning birligi qilib qabul qilingan va kandela (KD) deb nomlangan.

YOrug’lik oqimi df lyumenda (LM) o’lchanadi. U nurlanishning yorug’lik quvvatini xaraktyerlaydi va ko’zimizni yorug’lik sezishi bo’yicha baholanadi.

YOritilganlik E deb sirtdagi yorug’lik oqimining df zichligiga aytiladi. YOritilganlik lyukslarda (LK) o’lchanadi va quyidagi formula bilan hisoblanadi.

Categorized in:

Tagged in:

,