Relyativistik mexanikaning asosini A.Eynteyn tomonidan 1905-yilda yaratilgan maxsus nisbiylik nazariyasi (MNN) tashkil qiladi va u asosan kuchsiz gravitatsion maydonlar uchun fazo va vaqt haqidagi fizik nazariya hisoblanadi. Bu nazariya Nyuton mexanikasining barcha tasavvurlarini, ayniqsa fazo va vaqt haqidagi tasawurlami qayta ko‘rib chiqishni taqozo etdi. MNN fizik hodisa qonuniyatlarini faqatgina ISSda o’rganadi. A.Eynshteynning maxsus nisbiylik nazariyasi quyidagi ikkita postulatga (prinsipga) asoslangan: 1) nisbiylik prinsipi; 2) yorug’lik tezligining o’zgarmaslik prinsipi.
1-postulat: Tabiatdagi barcha protsesslar har qanday inersial sanoq sitem asida bir xilda yuz beradi. Bu degan so‘z fizika qonunlari (biror qonuniyatni tavsiflovchi tenglamalar) barcha inersial sanoq sistemalarda bir xil shaklda bo’ladi demakdir. Fizik jarayonlaming sodir bo’lish qonun (formula) lariga tezlik ta’sir qilmaydi. Masalan, tinch turgan ISS uchun tezlik V = , zichlik = , tok kuchi I = , fokus masofasi = + formulalar yordamida aniqlansa, harakatlanayotgan ISS uchun ham tezlik V = , zichlik = , tok kuchi I = , fokus masofasi = + formulalar yordamida aniqlanadi. Kattalaikni aniqlaydigan formula ko’rinishi o’zgarmaydi. Boshqacha aytganda, qonunlar ISSlariga nisbatan invariantdir. Galiley ushbu prinsipni faqat mexanik hodsalarga taalluqli degan bo’lsa, Eynshteyn esa ushbu prinsip barcha tabiat hodisalariga talluqlidir deya ta’kidlagan.