1. Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik muammolarining ijtimoiy-siyosiy xususiyatlari
O’tmishda Turonzamin – Movaraunnahr – Turkiston – O’rta Osiyo va Qozog’iston, xozirda esa Markaziy Osiyo deb nom olgan bu ulkan xududda 5 mustaqil davlat mavjud bo’lib, ular O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridir.
Ularning xududi 4,4 mln kv. km aholisi 55 mln dan ortiqdir.1
Bu davlatlarda yuzdan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilmoqda. Ularning dini, tili, dili, suvi, havosi bir va yeri tutash, madaniyati, urf-odatlari, an’analari bir-biriga yaqin. Ular nafaqat qo’shni balki qon qardosh bo’lib ketgan.
Markaziy Osiyo kuchli iqtisodiy potensialga ega bo’lgan mintaqa. Katta miqdorda ishchi kuchi, suv-energetika, transport-kommunikatsiyasi va yer resurslariga, tabiiy boylikka ega bo’lgan, SHarq bilan G’arbni bog’lovchi “Buyuk Ipak yo’li” ustida joylashgan va geostrategik jihatdan katta qulaylikka ega bo’lgan bu mintaqa dunyodagi rivojlangan davlatlarning diqqatini o’ziga tortmoqda.
Katta boylikka ega bo’lgan bu mintaqada diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm havfi kuchayib bormoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida aholisining soni, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va intellektual salohiyati jihatidan, hamda mintaqa havfsizligini ta’minlash, diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash jihatidan O’zbekiston yetakchi o’rinni egallaydi.2
Istiqlol tufayli O’zbekiston Mustaqil tashqi siyosat olib borish imkoniyatiga ega bo’ldi. Bu siyosat davlatimiz milliy manfaatlarining ustuvorligi, xalqaro huquq normalariga qat’iy rioya qilish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, xududiy da’volar qilmaslik, nizoli masalalarni tinch yo’l bilan hal qilish, tajovuzkor xarbiy bloklarga qo’shilmaslik, yadro quroliga ega bo’lmaslik kabi tamoyillarga asoslanadi. SHu tufayli ham O’zbekiston Jaxon Hamjamiyatida o’zining munosib o’rnini egallab, xalqaro maydonda katta obro’-e’tiborga ega bo’lmoqda. Bugungi kunda Markaziy Osiyoda joylashgan mamlakatlarni, demokratik, huquqiy, dunyoviy taraqqiyot yo’lidan qaytarishga urinayotgan turli xil ekstremistik kuchlar va markazlar bu yerdagi havfsizlikka raxna solmoqda.
Bu yovuz kuchlar diniy ekstremizm va xalqaro terrorchilikni mintaqamizga yoyishga urinmoqda.
M