Bizga ma`lumki, gaz molekulalarining tezligini kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi

                                                                              (14.1)

deb hisoblanganda molekulalarning tezliklari uchun juda katta son qiymat kelib chiqadi. Xona temperaturasida molekulalar tezligi havo molekulalari uchun 500 m/c  va vodorod molekulalari uchun 1800 m/s ga teng bo`lib chiqadi va bu bevosita tajribada tasdiqlangan. Bu qiymatlar kutilmagan darajada katta bo`lib tuyuladi, chunki yuzaki qaraganda yaxshi ma`lum bo`lgan dalillarga zid keladi.

    Misollar yordamida tushuntiraylik:

a) Muvozanat holatida gazning temperaturasi u egallagan hajmning hamma yerida birday bo`ladi. Bu degan so`z, gazda zarralarning o`rtacha kinetik energiyasi hamma joyda bir xildir.

Agar biror tarzda gazning biror qismi isitilsa, shu bilan gazning muvozanati buzilgan bo`ladi. Biroq bundan keyin gaz o`z holicha qo`yilsa, birmuncha vaqt o`tgandan keyin gazning muvozanati tiklanadi, temperatura gazning hamma joyida qaytadan birday bo`lib qoladi. Temperaturaning bunday tenglashishi molekulalarning uzluksiz haraktlari tufayli bo`lishi ravshan. Faqat gazning energiya ko`p bo`lgan joyida energiya ko`chishi  ro`y beradi. Bu jarayon issiqlik o`tkazuvchanlik deb ataladi. Gaz molekulalarining harakat tezliklari katta bo`lsada, issiqlik o`tkazuvchanlik gazlarda juda kichik bo`lishi tajribalarda ko`rilgan.

b) Agar biror hajmni egallagan gazga boshqa gazni qo`shsak va bunda butun hajmda bosim va temperatura birday bo`lgan holda aralashmaning konsentrasiyasi bir qismda qolgan boshqa qismlar dagidek ko`proq bo`lsa, biror vaqt o`tgandan keyin aralashmaning butun hajm bo`yicha tarqalishini va gazning bir jinsli bo`lib qolishini tajriba ko`rsatadi. Konsentrasiyalarning bunday tenglashishi aralashma molekulalarining bu molekulalar kam bo`lgan yo`nalishda harakati tufayli yuzaga keladi va diffuziya deb ataladi.

Bunday ko`chish ham molekulalarning harakati tufayli ro`y bergani va bu harakatlarning tezligi esa katta bo`lgani uchun diffuziya juda tez amalga oshishi va demak, konsentrasiya bir ondayoq tenglashishi kerak edi. Biroq tajriba shuni ko`rsatadiki, atmosfera bosimida diffuziya juda sekin jarayon va gaz agar butunlayiga harakatlanmasa, uning aralashishi bir necha sutkaga cho`zilishi mumkin.

Categorized in: