Insoniyat ma’naviy madaniyati yaxlit bir butunlikdan iborat.Din, falsafa, adabiyot, san’at va h.k.-bularning hammasini shu muazzam daraxtning shoxlari
nga qiyos qilsa bo’ladi.«Din» ko’p qirrali vamurakkabtushunchadir. Din so’zi arabcha bo’lib, ilohiy qudratga ishonch,ishonmoq ma’nosini bildiradi. Dunyoda dini, e’tiqodi bo’lmagan xalq yo’qdir. Inson-larning ehtiyoji hosilasi sifatida maydonga kelgan dinning jamiyatda falsafiy-nazariy jihatdan bajaradigan vazifasi ni-hoyatda muhim. U insonlarni yashashdan maqsadi nima ekanligini, qanday yashash lozimligini, inson hayotining mazmuni nima ekanligini, insof, adolatni, tinchlikni, dorul-fano masalasida nimalarga itoat qilish lozimligini, dorul-baqoga qanday tayyorgarlik ko’rish kerakligini, eng muhi-mi, insonlar halol va pok mehnati bilan kun ko’rishi, ilm-ma’rifatga ega, birodar bo’lishi lozimligini targ’ib qiladi.