Ehtimollar nazariyasining muhim tusunchalaridan biri tasodifiy miqdor tushunchasidir.
- Tajriba natijasida u yoki bu qiymatni qabul qilishi oldindan ma’lum bo‘lmagan miqdor tasodifiy miqdor deyiladi.
Tasodifiy miqdorlar lotin alifbosining bosh harflari X,Y,Z,…(yoki grek alifbosining kichik harflari x(ksi), h(eta), ζ(dzeta),…) bilan qabul qiladigan qiymatlari esa kichik harflar , bilan belgilanadi.
Tasodifiy miqdorlarga misollar keltiramiz: 1) X-tavakkaliga olingan mahsulotlar ichida sifatsizlari soni; 2) Y–n ta o‘q uzilganda nishonga tekkanlari soni; 3) Z-asbobning beto‘htov ishlash vaqti; 4) U-[0,1] kesmadan tavakkaliga tanlangan nuqtaning koordinatalari; 5) V-bir kunda tug‘iladigan chaqaloqlar soni va h.k..
- Agar tasodifiy miqdor(t.m.) chekli yoki sanoqli qiymatlar qabul qilsa, bunday t.m. diskret tipdagi t.m. deyiladi.
- Agar t.m. qabul qiladigan qiymatlari biror oraliqdan iborat bo‘lsa uzluksiz tipdagi t.m. deyiladi.
Demak, diskret t.m. bir-biridan farqli alohida qiymatlarni, uzluksiz t.m. esa biror oraliqdagi ihtiyoriy qiymatlarni qabul qilar ekan. Yuqoridagi X va Y t.m.lar diskret, Z esa uzluksiz t.m. bo‘ladi.
Endi t.m.ni qat’iy ta’rifini keltiramiz.
- W elementar hodisalar fazosida aniqlangan X sonli funksiya t.m. deyiladi, agar har bir w elementar hodisaga X(w) conni mos qo‘ysa, yani X=X(w), wÎW.
Masalan, tajriba tangani 2 marta tashlashdan iborat bo‘lsin. Elementar hodisalar fazosi bo‘ladi. X-gerb chiqishlari soni bo‘lsin, u holda X t.m. qabul qiladigan qiymatlari: X(w1)=2, X(w2)=1, X(w3)=1, X(w4)=0.
Agar W chekli yoki sanoqli bo‘lsa, u holda W da aniqlangan ixtiyoriy funksiya t.m. bo‘ladi. Umuman, X(w) funksiya shunday bo‘lishi kerakki: “xÎR da hodisa S s–algebrasiga tegishli bo‘lishi kerak.
2 Diskret tasodifiy miqdorning taqsimot qonuni
X-diskret t.m. bo‘lsin. X t.m. qiymatlarni mos ehtimolliklar bilan qabul qilsin:
X | … | … | |||
P | … | … |
jadval diskret t.m. taqsimot qonuni jadvali deyiladi. Diskret t.m. taqsimot qonunini ko‘rinishda yozish ham qulay.
hodisalar birgalikda bo‘lmaganligi uchun ular to‘la gruppani tashkil etadi va ularning ehtimolliklari yig‘indisi birga teng bo‘ladi, ya’ni .
- X t.m. diskret t.m. deyiladi, agar chekli yoki sanoqli to‘plam bo‘lib, va tenglik o‘rinli bo‘lsa.
- X va Y diskret t.m.lar bog‘liqsiz deyiladi, agar va hodisalar da bog‘liqsiz bo‘lsa, ya’ni ,
2.1-misol. 10 ta lotoreya biletida 2 tasi yutuqli bo‘lsa, tavakkaliga olingan 3 ta lotoreya biletlari ichida yutuqlilari soni X t.m.ning taqsimot qonunini toping.
X t.m.ni qabul qilishi mumkin bo‘lgan qiymatlari . Bu qiymatlarning mos ehtimolliklari esa
.
X t.m. taqsimot qonunini jadval ko‘rinishida yozamiz:
X | 0 | 1 | 2 |
P |