Xitoy Xalq Respublikasining iqtisodiy salohiyati
Xitoy Xalq Respublikasi Osiyo mintaqasining sharqiy qismida, Tinch okeaning g’arbiy qirg’og’ida joylashgan bo’lib, uning maydoni 9.6mln.kv.km tengdir. Maydonining kattaligi jihatidan u dunyoda Rossiya va Kanada davlatlaridan so’ng 3-o’rinda turadi. Uning quruqlikdagi chegara uzunligi 22,8ming km.ni tashkil etadi va u 15 ta davlat bilan chegaradoshdir. Xitoy sharqda Koreya Xalq Demokratik respublikasi bilan, shimolda Rossiya Federatsiyasi va Mongoliya Xalq Respublikasi bilan, shimoli-g’arbda Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston bilan, g’arbda va janubi-g’arbda Afg’oniston, Pokiston, Hindiston, Nepal va Butan davlatlari, janubda esa Myanma, Laos va Vetnam davlatlari bilan chegaradoshdir[1].Sharqda va janubiy sharqda Xitoy dengiz orqali Koreya, Yaponiya, Filippin, Bruney, Malayziya va Indoneziya davlatlari bilan ham chegaradoshdir. Bundan tashqari, Xitoyni 4 ta dengiz suvlari o‘rab turadi, ya’ni: Boxay, Sariq, Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlari. Uning umumiy dengiz hududlari maydoni 4,73 mln. kv.km. ni tashkil etadi[2]. Xitoy hududida 1500 ta daryolar mavjud bo‘lib, ularning umumiy maydoni 1000 kv.km.ni tashkil etadi. Bu daryolardan Xitoy o‘zining gidroenergetik resurslarining 680 mln.k.Vt.ini ishlab chiqadi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha u dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Xitoyning yirik daryolariga Yanszi, Xuanxe, Xeylunszyan, Chjuszyan, Lyaoxe, Xayxe,Xuayxe va boshqalar kiradi[3]. Xitoy turli xil yer osti qazilmalariga ham boy bo‘lib, amaldagi Mendeleyev jadvalidagi deyarli barcha elementlar mavjud bo‘lib, ulardan 20 tasi esa, kamyob va bebaxo hisoblanadi. Foydali yer osti qazilmalarining umumiy zaxiralari bo‘yicha Xitoy dunyoda 3- o‘rinda turadi. [4]Jumladan, mamlakatdagi toshko‘mir zaxirasi hozirgi kunda 1 trln.2,49 mlrd tonna deb baholanmoqda va uning eng boy ko‘mir konlari Shansi provinsiyasida hamda Ichki Mongoliya avtonom rayonida joylashgandir. Asosiy neft konlari esa, mamlakatning shimoliy-g‘arbiy, shimoliy-sharqiy va shimoliy hududlarida hamda sharqiy dengiz oldi kontinental shelflarida joylashgandir. Bundan tashqari, qora metall zaxiralaridan: marganes, temir, vannadiy, titan, konlari ham mavjuddir. Xitoydagi temir rudasining zaxirasi ekspertlarning fikricha, taxminan 46,35 mlrd. tonnani tashkil etadi. Bu temir konlari mamlakatning shimolida, shimoliy-sharqida va janubiy g‘arbida joylashgan bo‘lib, Xitoyning asosiy temir ruda konlari Anshan-Bensi, Xebey, So‘chuanlar hisoblanadi. Shunigdek, Xitoyda bir qator rangli metallar: volfram, qalay, surma, sink, molibden, qurgoshin, simob zaxiralari bo‘lib, ular bo‘yicha mamlakat dunyoda birinchi o‘rinlarni egallaydi.[5]Hozirgi kunda (2008 y.) Xitoyda ekin ekiladigan yerlarning umumiy maydoni 108 mln.ga. (gektar)ga teng .Xitoy o‘rmonlari 128,63 mln. dan iborat bo‘lib, uning eng yirik massivlari kichik va katta Xingan tog‘ rayonida, Chanbayshan tog‘larida joylashgandir. U yerdagi asosiy daraxtlarning turlari kedr, qayin, chinor va boshqalar hisoblanadi.Xitoy iqtisodiyotining rivojlanishi qadim tarizga ega. Quyida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishining besh yilliklar davrlarini ko’rsatib o’tamiz:
1-besh yillik–1956-60 yy.:
2- besh yilli–1961-65 yy.:
3- besh yillik–1966-70 yy.:
4- besh yillik-1971-75 yy.;
5-besh yillik-1976-80 yy.:
6- besh yillik-1981-85 yy.:
7- besh yillik-1986-90 yy.:
8- besh yillik-1991-95 yy.:
9- besh yillik-1996-2000 yy.:
10- besh yillik-2001-2005 yy.:
11- besh yillik-2006-2010 yy.;
XX asr Xitoyning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy yuksalishi uchun juda mashaqqatli tarixiy davr bo‘ldi. Uzoq yillik urushlar xitoy iqtisodiyotini qaloqlashuviga sabab bo‘luvchi asosiy omillardan biri bo’ldi. XXRsi tashkil topgungacha mamlakatda hukm surgan feodal byurokratik tizim sharoitida iqtisodiyot barqaror rivojlanmadi. Fuqarolar urushi, o‘zaro urushlar va Yaponiya agressiyasiga qarshi kurash mamlakat xalq xo’jaligini izdan chiqardi. 1949 yilning 1-oktyabrida Xitoy Xalq Respublikasining tashkil topganligi e’lon qilinib, mamlakatda boshqa bir tizim hukmron bo‘lgan bo‘lsada, mamlakat iqtisodiyoti juda qaloq ahvolda edi.
1.2. Xitoy Xalq Respublikasining rivojlanish xususiyatlari.
Xitoy Xalq Respublikasi aholisining soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. 2009 yil ma’lumotiga ko’ra, Xitoy Xalq Respublikasi aholisi 1,329 mlrd kishini (Syangan MAR va Tayvan provinsiyasi, Aomen rayonidan tashqari) tashkil etdi. U hozirda dunyo aholisining 21% ni tashkil etmoqda. Xitoy aholisining o‘rtacha zichligi 1 kv.km. ga 137 kishini tashkil etadi. Xitoy aholisi uning hududi bo‘ylab bir tekisda joylashmagan bo‘lib, Sharqiy Xitoyning dengiz oldi rayonlarida aholining zichligi 1 kv.km. ga 410 kishidan ortiq aholi to’g’ri kelsa, Markaziy Xitoyda aholining zichligi 1 kv.km. ga 200 kishidan ortiq to’g’ri kelsa, g‘arbiy Xitoyning tog‘li hududlarida bu ko‘rsatkich 1 kv.km. ga 20 kishidan ham kam kishi to‘g‘ri keladi[6].2008 yil ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy aholisining yoshi va jinsi bo‘yicha tarkibi quyidagicha taqsimlanadi:
0-14 yoshdagilar – aholining 20,8% tashkil etib, undan 145.461.833 kishi o‘g’il bolalar, 128.445.739 kishi esa qizlardan tashkil topgan.
15-64 yoshdagilar – aholining 71,4 % ni tashkil etib, ulardan 482.439.115 kishi erkaklardan va 455.960.489 kishi ayollardan iboratdir.
65 va undan yuqori yoshdagilar – aholining 7,8 % ni tashkil etib, ulardan 48.562.635 kishi erkaklar, 53.103.902 kishi ayollardan iboratdir[7].
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra Xitoyda 56 ta millat vakillari istiqomat qiladi. Aholining 92 % ni xanlar tashkil etib, qolgan millatlarni rasman ”oz sonli millat” deb yuritiladi. Amalda kichik etno-tillar guruhlari yirik guruhlar bilan birlashtirilgan bo’lib, ularning real soni ancha ko‘pdir. Etnografiyaga asosan, xitoyda 236 ta til mavjud bo’lib, ulardan 235 tasi tirik til hisoblanadi va 1 tasi Zhongen tili batamom yo’q bo’lib ketgandir. Shuni ta’kidlash lozimki, xitoy janubiy provinsiyalardagi ko‘pchilik aholi rasmiy standartdan ancha farq qiluvchi xitoy dialektlarida gaplashadi. Asosan Xitoy aholisi quyidagi millat vakillaridan tashkil topgan bolib, ular: Xanlar, xuyzular, xanilar, lisular, lahular, nasilar, tsianglar, dinolar, dunlar, chjuanlar, gelaolar, lilar, myaolar, yaolar, mug‘ullar, uyg‘urlar, qozoqlar, baylar, tutsyalar, ilar, tibetliklar, manchjurlar, koreyslar[8].Mamlakatning ko‘pgina shahar va uezdlarida odatda, millatlar soni kam bo‘lib, asosan ularda bitta yoki ikkita millat vakillari yashashadi. Mamlakat aholisini sonida erkaklar salmog‘i ustun bo‘lib, ular – 50,8% ni, ayollar esa 49,2% ni tashkil etadi. Aholining aksariyat qismini o‘rta yoshdagilar tashkil etib, (15-64 yosh) ular – 67,6% ni, bolalar (14 yoshgacha) 25,7 % ni, qariyalar esa (65 yoshdan yuqori) – 6,7 % ni tashkil etadi[9].
Iqtisodiy islohotlar davri mobaynida Xitoy Xalq Respublikasi aholisi 285,5 mln kishiga; mehnat resurslari 359 mln kishiga o‘sib, 2007 yilda mehnatga layoqatli aholi soni 901,2 mln. kishini tashkil etdi. Aholining ish bilan bandligi 298 mln. kishiga ko‘payib, 2007 yilda qo‘shimcha yana 130,6 mln. kishi ish bilan ta’minlandi. Xitoy Xalq Respublikasi aholisining keskin o‘sishi va shu bilan birga to‘liq bandlikga intilishi islohotlar davomida iqtisodiy o‘sishning asosiy omili bo‘lib xizmat qildi. Islohotlar davrida ishga yaroqli aholining 95,8% i (1998 yilda bu ko‘rsatkich – 82,9% ni tashkil etgan edi.) ish bilan ta’minlandi[10]. 2007 yil ma’lumotiga ko‘ra, ish bilan band bo‘lganlarning umumy soni 864,57 mln. kishini tashkil etib, u ishga layoqotlilar sonining 95,8 % tashkil etdi, ulardan qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlar soni – 406,34 mln. kishini (47%), sanoatda band bo‘lganlar soni – 216,14 mln. kishini (25%), xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lganlar soni esa – 242,7 mln. kishini (28%) tashkil etdi.Hozirgi kunda Xitoy hududi 23 ta provinsiya, 5 ta avtonom rayon, 4 ta markazga bo‘ysinuvchi shaharlarga va 2 ta alohida ma’muriy rayonlarga ajratilgandir.
Iqtisodiy islohotlarning bosqichlari.
I–bosqichda Xitoy o‘z oldiga mamlakat YaMM ni 1985-yillarga kelib, 1978-yilga nisbatan ikki baravar ko‘paytirish va aholini oziq -ovqat va kiyim-bosh bilan ta’minlash muammolarini hal etish vazifalari belgilangan edi. Amalda bu bosqich, 1980-yillarga kelib muddatidan oldin yakunlandi.
II-bosqichda Xitoy hukumati mamlakat YaMMini 2000-yilga kadar, 1980-yilga nisbatan to‘rt baravar ko‘paytirish belgilangan edi, amalda esa, 1990 – 1995 yillarda iqtisodiy o‘sish juda yuqori bo‘lganligi sababli, bu reja ham muddatidan oldin bajarildi.
1995-yilda III- bosqich (1996-2000 yillar) maqsad va vazifalari belgilab olindi. Unda ikkinchi bosqichning strategik vazifalarini to’liq amalga oshirish, 2000- yilga qadar aholini 300 mln.kishiga ko‘payishini inobatga olgan xolda, 1978-yilga nisbatan YaMMning aholi jon boshiga to‘g‘ri kelishini to’rt baravarga oshirish va aholining turmush sharoitini yaxshilab o‘rta rivojlangan industrial mamlakatlar qatoriga yetkazish maqsad qilib qo‘yildi.
IV-bosqich 2000-2010 yillarda milliy iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, mamlakatni Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini ta’minlash, hamda XXRni rivojlangan industrial mamlakatlar qatoriga olib chiqish belgilangan[11].
Xitoy Xalq Respublikasida Transmilliykorporatsiyalar.
Hozirgi kunda jahonning 500ta yirik transmilliy korporatsiyalarning 400 ga yaqini Xitoyga kapital qo’yilgan.Xitoy Xalq Respublikasi “ochiq”tashqi iqtisodiy siyosatida mintaqaviy aspektlarning hisobi muhim qism hisoblanadi. “Ochiq ” siyosatning asosida mamlakatning ichki va g’arbiy tumanlari rivojlanishining qo’shimcha impulsini berishi ko’rib chiqildi. Iqtisodiy islohotlarning boshida ya’ni 70 yillarning oxirida ichki iqtisodiyotning g’arbiy, sharqiy va janubi – sharqiy rayonlarining taqqoslamasi ko’rib chiqildi. Bu sferaning asosiy o’lchovlari maxsus iqtisodiy hududlar, “ochiq” dengiz bo’yi shaharlari, yuqori texnologiya va erkin savdo hududlari, chegara yonidagi ochiq hududlarning yaratilishi bilan ifodalanadi.
Maxsus iqtisodiy hududlar.
Islohotlarning muhim yo’nalishi tashqi dunyoning ochiq siyosati bilan yuritilib, iqtisodiy tizimning islohotlari bilan bir vaqtda 1978 yilda boshlangan. 1980 yildan boshlab 5 ta zo’r iqtisodiy hududlar Shenchjeneda, Chjuxaeda, Shantoyda, Syameneda va Xaynanda tashkil etilgan.1984 yilda ochiq shaharlarning statusi 14 ta dengiz bo’yi shaharlar – Dalyan, Tsinxuandao, Tyantszin, Yantay, Tsindao, Lyanyungan, Nantun, Shanxay, Ninbo, Venchjou, Fuchjou, Guanchjou, Chjantszyan va Beyxay.1985 yil iqtisodiy hududlarni o’zlashtirish Yantszi daryolari deltasi va Chjutszyan, janubiy provinsiya Futszyan iqtisodiy uchburchakni tashkil etadi, dengiz qirg’oqlarida Shandun va Lyaodun, Xebee va Guansi – Chjuan avtonom tumanlarida yaratildi.1990 yilda Pudun va Shanxay yangi rayonlari tashkil etildi.1992 yil tashqi dunyoda chegara bo’yi shaharlari, 15 ta bojsiz hudular,47ta texnik – iqtisodiy o’zlashtirish davlat hududlari va 53 ta ilmiy izlanish hudularini o’zlashtirish ochildi[12]. Maxsus iqtisodiy hududlarning o’ziga xos xususiyati, Guadun, Futszyan va Xaynan provinsiyalarida yaratilgan bo’lib, soddalashtirilgan chegaraviy tizim hisoblanadi, unda soliq imtiyozlari, keng mustaqil organlarini boshqarish hududining nizomi va tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi mavjud.“Ochiq ” dengiz bo’yi sharlarda sharqiy sohillarni yuzaga keltiradi va Dalyan, Tsinxuandao, Yantay, Tsindao, Shanxay, Guanchjou, Beyxay, Tyantszin, Suchjou va boshqa shaharlarni o’z ichiga oladi.Yuqori texnologik hudularning yaratilishi yangi ilmiy izlanish sohalarining rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, tajribali kam miqdorda ishlab chiqarishda xorijiy kapitalni jalb qilish, yangi texnologiya va materiallarni yaratish, ilmiy – texnik muvaffaqiyatlarga erishish.
Yuqori texnologik statusga ega bo’lgan korxonalarga soliq va bojxona imtiyozlari, import bojidan ozod qilish kozda tutilgan.90 yillarning boshida maxsus iqtisodiy hududlardan keyin erkin savdo hududlari Dalyanda, Shanxayda, Tyantszinda, Xaykouda va boshqa dengiz bo’yi sohillarida yaratildi.90 yildan boshlab chegara hududi savdosi asosan shimolda, shimoli – g’arbda va shimoli – sharqda rivojlana boshladi. “Ochiq” dengiz bo’yi hududiga Yanszi daryosi deltasi kiradi. Pudun hududida esa ishlab chiqarish sferasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ilmiy – texnik va texnologik rivojlanish, moliya, sug’urta va bank ishini rivojlantirish kiradi.Hozirgi kunda Xitoyda 49ta texnik – iqtisodiy hududlarni o’zlashtirish, 53 ta yangi va yuqori texnologiyalarni o’zlashtirish, 15 ta eksport tovarlarini qayta ishlash, 14 ta bojsiz hududlar va 14ta davlat darajasidagi chegara bo’yi iqtisodiy hamkorlik hududlari yaratilgan.
Xitoy Xalq Respublikasining JSTga a’zo bo’lishi. 2001 yil 17 sentyabrda Jahon Savdo Tashkiloti Xitoy shartnomaning a’zolik shartlarini muvaffaqiyatli bajargani natijasida, 10 noyabrda Vazirlik Konferensiyasi Xitoyni JST ga a’zo bo’lishini ma’qul topdi va 2001 yil 11 dekabrda Xitoy JSTning rasmiy a’zosi sifatida tan olindi.JSTga a’zo bo’lgandan keyin Xitoyning tashqi iqtisodiy munosabatlari yangi rivojlanish bosqichiga o’ta boshladi va iqtisodiyotni mustahkamlash uchun muhim rol o’ynay boshladi.
Bojxona tarifi siyosati. 1990 – 2001 yilgacha Xitoy hukumati bir necha marta tariflarni pasaytira boshladi. 1 oktyabr 1997 yildan import tariflari tovarlar turi 4,9 mingtaga kamaya boshladi va o’rtacha boj darajasi 23 % dan 17% ga kamaya boshladi. 2001 yil 1 yanvarda bojxona boji darajasi o’rtacha 15,3%ga, 2005 yilda esa sanoat mahsulotlarining import boji o’rtacha 10%ga pasaydi[13].
Mamlakatda to’g’ridan – to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish rivojlanish siyosatini 3 bosqichga bo’lish mumkin.
Birinchi bosqich, (1979 – 1982 yillar) boshlang’ich davr bo’lib, iqtisodiy islohotlarni va “ochiq” siyosatni rivojlantirish maqsadi qo’yilgan. Bu davrda Xitoy to’g’ridan – to’g’ri xorijiy investitsiyalardan foydalanish va bu sferada yetarli tajribaga ega bo’lmagan. To’g’ridan – to’g’ri xorijiy investitsiyalardan foydalanish loyihalarning soni faqat cheklangan bo’lgan. Tashqi iqtisodiy faoliyatning liberalizatsiyasi va mahalliy organlarning vakolatini kengaytirishning eng muhim bosqichi 80 yillarning boshida mahalliy hokimiyatda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hajmini qabul qilish qarori kamida 3 mln AQSH dollarini tashkil etishi kerak edi. Bu davrda xorijiy investitsiyalarga imtiyozlar berish ahamiyatsiz edi.
Ikkinchi bosqich (1983 – 1991 yillar) xorijiy investitisiyalarni jalb qilish siyosatini takomillashtirish zarur bo’lgan davr edi. Bunda xorijiy investitsiyali korxonalar qabul qilingan qonuniy aktlar va normalar muhim imtiyozga ega edi. Daromad solig’ining stavkasi 33% ga pasaytirildi, bu vaqtda Xitoy korxonalarida soliq stavkasi 55%ni tashkil qilgan edi. Yana bu past stavka xorijiy investitsiyali korxonalarda va maxsus iqtisodiy hududlarda 15 % ni tashkil qilgan.
Uchinchi bosqich (1992 yildan hozirgi kungacha) to’g’ridan – to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sferasini kengaytirish. Xorijiy investitsiyalar oldin yopiq iqtisodiy sektorlariga kirishga ruhsat berilgan. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda mamlakatning imtiyozi qulay investitsion muhitning yaratilganligi bilan baholanadi. Bu iqlimning asosiy elementi arzon ishchi kuchi, yerdan foydalanishning arzonligi, imtiyozli investitsiya tumanlarida ijtimoiy – maishiy infrastruktura va ishlab chiqarish rivojlanishining yetarlilik darajasi; soliq siyosatining imtiyozli tizimi; immigratsiya – bojxona tizimining preferensiali; rivojlangan tashqi iqtisodiy, bojxona, valyuta qonunchiligi.
[1] www.factbook.countrylisting.com
[2] В.К.Ломакин «Мировая экономика»., Moсква, 2005 г.
[3] «Kитай и мир во всем мире» изд.во Синьсинь, Пекин,2004
[4] www.Wikipedia.com
[5] «Мировая экономика и международные отношения», М., 2007-2008 гг.
[6] www.chinalist.ru
[7] Демографическое развитие КНР, М.,2000
[8] Китай; «факты и цифры» изд.во; Синьсин, Пекин,2004 г
[9] Демографическое развтие КНР, М., 2000.
[10] Да Туаочжен Чжунго, Цзинцзи, Цзегоу Туаочжен де луи да венти, Пекин 2007г
[11] Китай на пути модернизации и реформ, Москва, 2000
[12] Китай 2002. Изд-во «Синьсин, Пекин. КНР. 2002. С. 125.
[13] http://www.xinhuanet.com