Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlari qatoriga moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti, o’z va qarz mablag’lari nisbati koeffitsiyenti, moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti, o’z sarmoyasining harakatchanlik koeffitsiyenti, qarz mablag’larining jamlanganlik koeffitsiyenti, hamda qarz va o’z mablag’lari nisbati koeffitsiyentlari kiradi. Moliyaviy barqarorlikni tahlil qilish maqsadi korxonaning o’z majburiyatlarini qoplay olish va uni uzoq muddatga saqlab qolish darajasini baholashga qaratilgan.

 Moliyaviy barqarorlik tahlilining vazifalari:

  Korxona moliyaviy barqarorligini mutlaq va nisbiy ifodalarining o’zgarishlarini baholash;

Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillarni o’rganish;

Moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda aktivlar va passivlarni joylashtirish va ulardan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish;

Moliyaviy barqarorlikni o’stirish choralarini ko’rish;

Turli holatlarda resurslardan samarali foydalanishning istiqboldagi o’zgarishlarga ta’sirini baholash, moliyaviy barqarorlikni prognozlash.

Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi:

Ichki omillar:

aktivlarning optimal tarkibini shakllantirish va ularni to’g’ri boshqarish; moliyaviy resurslar va ularning tarkibini optimallashtirishni to’g’ri boshqarish;

jalb qilingan kapitalni optimal nisbatlash va boshqarish.

Tashqi omillarga:

mamlakatdagi iqtisodiy muhit (holat);

bozordagi raqobat va kurash;

makroiqtisodiy ko’rsatkichlar (valyuta kurslari o’zgarishi, soliq va kredit qiymatidagi o’zgarishlar, tashqi iqtisodiy faoliyat rivoji);

siyosiy holat (iqtisodning tartiblanishi, rag’batlantirilishi, huquqlarning himoyalanishi); inflyatsiya holati.

Moliyaviy barqarorlikni tahlil etishning axborot ta’minotiga asosiy va qo’shimcha manbalarni kiritish mumkin.

Asosiy manbalariga: buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, xususiy kapital to’g’risidagi hisobot shakllari kiradi. Qo’shimcha manbalarga: ta’sis hujjatlari, auditorlik nazorati natijalari, statistik manbalar va boshqa manbalar kiradi.

Korxonaning iqtisodiy resurslari, uning moliyaviy
tuzilmasi, likvidligi, to’lovga qobiliyatini moliyaviy ahvol va
barqarorlikka ta’siri.

     Korxonaning erkin tasarrufida qoluvchi sof foydaning yillar
    bo’yicha jamlangan qismi balansning taqsimlanmagan foyda qatorida
    aks etadi. Ushbu qatorning realligini ta’minlash yuzasidan ko’pincha
    debitorlik majburiyatlarining qisqa muddatlikda oqlanishiga ahamiyat
    qaratish lozim bo’ladi. Bu jarayon faqat ularning pullik ko’rinishda
    aktivda to’planishini emas‚ balki aktivlarning barcha turlari bo’yicha
    to’planishi mumkinligini ham xarakterlaydi. Shu sababli‚ ko’pincha
    passiv tomonda aks etuvchi foyda summasining sifatliligi
    ta’minlanmaydi.

    Majburiyatlar tarkibida kreditorlik majburiyatlarining ko’payib
    ketishi ham firma, kompaniya faoliyat natijaviyligiga sezilarli ta’sir
    etadi. Negaki, uning holati ishlab chiqarish jarayoniga va uning boshqa
    tashkilotlar bilan bo’ladigan oldi-sotdi munosabatlariga ta’sir etadi.
    Natijada korxonalarga ishonchsizlik tug’iladi. Ishonchsizlik yuz bergan
    joyda albatta ishning unumi va natijaviyligiga ham putur yetadi.

    Aktivlarni joylashtirish nafaqat korxona faoliyat natijaviyligiga
    balki uning moliyaviy holatiga ham bog’liq ravishda o’zgaradi.
    Passivlarni joylashtirishdagi eng birinchi talablar bu xususiy sarmoyani
    jami sarmoya tarkibidagi ulushining yuqoriligi bilan xususiy
    sarmoyaning qarz sarmoyasiga qaram bo’lmasligi shartlari bilan
    belgilanadi. Ya’ni, korxona avvalo moliyaviy jihatdan mustaqillikka ega
    bo’lmog’i, uning to’g’ri nisbatini saqlashi lozim.

    Moliyaviy barqarorlikning muhim sharti zaxira va xarajatlarni
    moliyalashtirish yuzasidan o’z va qarz mablag’lari yetarliligi yoki
    yetishmasligi ko’rsatkichlarini hisob-kitob qilishda ham xuddi shu
    bog’liqlikni ko’rish mumkin.

    Xususiy sarmoya yetarli bo’lmagan
    hollarda uzoq va qisqa muddatli majburiyatlarni jalb etish biznesning,
    tadbirkorlik faoliyatining doimiy sharti hisoblanadi. Shu sababli‚
    aktivlarni moliyalashtirish yuzasidan majburiyatlardan foydalanishda
    albatta foyda omiliga va uning doimiy davomligini ta’minlashga muhim
    ahamiyat qaratish lozim.

    Categorized in: