XXI asr barcha sohalar qatori iqtisodiyotda ham global- lashuv, raqobatning subyektlararo darajasidan xalqaro darajaga ko’tarilganligi, hisob-kitob tizimining jahon miqyosida bir xiI andozaga keltirilayotganligi, zamonaviy biznes qoidalarining tez o’zgarishi kabi keskin jarayonlarning sodir bo’lishi bilan boshlandi. Yuz berayotgan o’zgarishlar va jarayonlar axborot tizimini takomillashtirishga, dunyo miqyosida iqtisodiyotni boshqarishning bir-biriga o’xshash va muvofiq keladigan tizimining shakllanishiga olib kelmoqda. Dunyo ahli Internet orqali bir-biri bilan cheklanmagan tarzda muloqot qilmoqdalar. Bu esa, o’z navbatida, odamlardan ham tezkorlikni, ham axborotlardan tez xulosa chiqarib, zudlik bilan boshqaruv qarorIarini qabul qilishni talab qilmoqda. Ayni paytda xuddi shunday talablar iqtisodiyotda xo’jalik yurituvchi subyektlarga ham qo’yilmoqda. Aynan ushbu muammolarni hal qilish xo’jalik yurituvchi subyektlar,
uning asosiy bo’g’ini bo’lgan korxonalar faoliyati iqtisodiy tahlilini takomillashtirishni, uning tezkorligini ta’minlashni taqozo etmoqda. Jahon amaliyotida erkin iqtisodiy munosabatlarni yo’lga qo’yishning yagona modeli sifatida tan olingan bozor iqtisodiyoti avvalo chuqur tahliliy va ilmiy asoslangan yechimlarni talab etadi. Firma va kompaniyalar iaolligi hamda· ularning ish
samaradorligini ta’minlash iqtisodiyotni globallashuvi sharoitida har qachongidan ham murakkab hodisa va jarayonga aylanadi. Shu jihatdan, har bitta korxona faoliyati uning moliyaviy holati, to’lovga qodirligi hamda moliyaviy barqarorligini aniqlashda tahliliy amallarga bo’lgan ehtiyoj va zaruriyatda muammolar yechimini chiqarish yanada murakkablashadi. Ayniqsa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining yuzaga kelishi hamda uning barcha davlatlarni qamrab olishidan ham ko’rish mumkinki bugungi iqtisodiyot o’ta murakkab iqtisodiyot, uni bir davlat
doirasidagi siyosat, yoki amaliy yechimlar bilan hal etish mumkin emasligi, masalaga keng qamrovli tarzda yondashuvnitalab etadi. Ya’ni, har bir davlat yoki unda faoliyat yuritayotgankorxona, jahon iqtisodiyotining ajralmas bo’g’iniga aylanib ulgurgan deyish mumkin.
Korxonaning o’z oborot mablag’lari bilan ta’minlanganligi
tahlili.
Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlari qatoriga moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti, o’z va qarz mablag’lari nisbati koeffitsiyenti, moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti, o’z sarmoyasining harakatchanlik koeffitsiyenti, qarz mablag’larining jamlanganlik koeffitsiyenti, hamda qarz va o’z mablag’lari nisbati koeffitsiyentlari kiradi. Moliyaviy barqarorlikni tahlil qilish maqsadi korxonaning o’z majburiyatlarini qoplay olish va uni uzoq muddatga saqlab qolish darajasini baholashga qaratilgan.
Moliyaviy barqarorlik tahlilining vazifalari:
Korxona moliyaviy barqarorligini mutlaq va nisbiy ifodalarining o’zgarishlarini baholash;
Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillarni o’rganish;
Moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda aktivlar va passivlarni joylashtirish va ulardan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish;
Moliyaviy barqarorlikni o’stirish choralarini ko’rish;
Turli holatlarda resurslardan samarali foydalanishning istiqboldagi o’zgarishlarga ta’sirini baholash, moliyaviy barqarorlikni prognozlash.
Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi:
Ichki omillar:
aktivlarning optimal tarkibini shakllantirish va ularni to’g’ri boshqarish; moliyaviy resurslar va ularning tarkibini optimallashtirishni to’g’ri boshqarish;
jalb qilingan kapitalni optimal nisbatlash va boshqarish.
Tashqi omillarga:
mamlakatdagi iqtisodiy muhit (holat);
bozordagi raqobat va kurash;
makroiqtisodiy ko’rsatkichlar (valyuta kurslari o’zgarishi, soliq va kredit qiymatidagi o’zgarishlar, tashqi iqtisodiy faoliyat rivoji);
siyosiy holat (iqtisodning tartiblanishi, rag’batlantirilishi, huquqlarning himoyalanishi); inflyatsiya holati.
Moliyaviy barqarorlikni tahlil etishning axborot ta’minotiga asosiy va qo’shimcha manbalarni kiritish mumkin.
Asosiy manbalariga: buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, xususiy kapital to’g’risidagi hisobot shakllari kiradi. Qo’shimcha manbalarga: ta’sis hujjatlari, auditorlik nazorati natijalari, statistik manbalar va boshqa manbalar kiradi.
Korxonaning iqtisodiy resurslari, uning moliyaviy
tuzilmasi, likvidligi, to’lovga qobiliyatini moliyaviy ahvol va
barqarorlikka ta’siri.
Korxonaning erkin tasarrufida qoluvchi sof foydaning yillar
bo’yicha jamlangan qismi balansning taqsimlanmagan foyda qatorida
aks etadi. Ushbu qatorning realligini ta’minlash yuzasidan ko’pincha
debitorlik majburiyatlarining qisqa muddatlikda oqlanishiga ahamiyat
qaratish lozim bo’ladi. Bu jarayon faqat ularning pullik ko’rinishda
aktivda to’planishini emas‚ balki aktivlarning barcha turlari bo’yicha
to’planishi mumkinligini ham xarakterlaydi. Shu sababli‚ ko’pincha
passiv tomonda aks etuvchi foyda summasining sifatliligi
ta’minlanmaydi.
Majburiyatlar tarkibida kreditorlik majburiyatlarining ko’payib
ketishi ham firma, kompaniya faoliyat natijaviyligiga sezilarli ta’sir
etadi. Negaki, uning holati ishlab chiqarish jarayoniga va uning boshqa
tashkilotlar bilan bo’ladigan oldi-sotdi munosabatlariga ta’sir etadi.
Natijada korxonalarga ishonchsizlik tug’iladi. Ishonchsizlik yuz bergan
joyda albatta ishning unumi va natijaviyligiga ham putur yetadi.
Aktivlarni joylashtirish nafaqat korxona faoliyat natijaviyligiga
balki uning moliyaviy holatiga ham bog’liq ravishda o’zgaradi.
Passivlarni joylashtirishdagi eng birinchi talablar bu xususiy sarmoyani
jami sarmoya tarkibidagi ulushining yuqoriligi bilan xususiy
sarmoyaning qarz sarmoyasiga qaram bo’lmasligi shartlari bilan
belgilanadi. Ya’ni, korxona avvalo moliyaviy jihatdan mustaqillikka ega
bo’lmog’i, uning to’g’ri nisbatini saqlashi lozim.
Moliyaviy barqarorlikning muhim sharti zaxira va xarajatlarni
moliyalashtirish yuzasidan o’z va qarz mablag’lari yetarliligi yoki
yetishmasligi ko’rsatkichlarini hisob-kitob qilishda ham xuddi shu
bog’liqlikni ko’rish mumkin. Xususiy sarmoya yetarli bo’lmagan
hollarda uzoq va qisqa muddatli majburiyatlarni jalb etish biznesning,
tadbirkorlik faoliyatining doimiy sharti hisoblanadi. Shu sababli‚
aktivlarni moliyalashtirish yuzasidan majburiyatlardan foydalanishda
albatta foyda omiliga va uning doimiy davomligini ta’minlashga muhim
ahamiyat qaratish lozim.
Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o’tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to’g’risida
I. Mezonlar tizimi
1. Korxonalar iqtisodiy ahvoliga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratiladi:
a) iqtisodiy qodir;
b) iqtisodiy tavakkalchilik;
v) iqtisodiy nochor:
to’lov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega;
to’lov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega emas.
2. O’zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan
korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish qo’mitasi (bundan keyin — Qo’mita) yoki uning hududiy organlari ustav fondida davlat ulushi bo’lgan, iqtisodiy tavakkalchilik guruhida turgan korxonalarning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini normallashtirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan ko’rsatmalar beradi.
Qo’mita yoki uning hududiy organlari ustav fondida davlat ulushi bo’lgan, iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy ahvoliga ko’ra sudgacha sanatsiya yoki bankrotlik taomilini qo’llash takliflarini ishlab chiqish bo’yicha ko’rsatmalar beradi.
II. Asosiy ko’rsatkichlar (mezonlar)
3. Iqtisodiy ahvolni baholash uchun asosiy ko’rsatkichlar (mezonlar) quyidagilardir:
a) to’lov qobiliyati yoki qoplash koeffitsiyenti — Tqk;
b) o’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti — O’ak;
v) aktivlarning va xarajatlarning rentabellilik koeffitsiyenti — Ark, Xrk;
Yakuniy qarorga kelish uchun quyidagi qo’shimcha ko’rsatkichlardan ham foydalanish mumkin:
o’z va qisqa muddatli qarz mablag’larning nisbat koeffitsiyenti — O’qk;
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti — Qfk;
asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti — Avek.
Bunda iqtisodiy tahlil etilishi lozim bo’lgan korxonalar quyidagi ko’rsatkichlar orqali tanlab olinadi:
pullik majburiyatlar va majburiy to’lovlar bo’yicha ularni to’lash kunidan uch oydan ortiq muddati o’tgan kreditorlik qarzlarining mavjudligi;
korxonaning to’lovga qobiliyatsizligi, ya’ni qisqa muddatli qarzlarini joriy aktivlari bilan qoplay olmasligi;
past rentabelilik yoki zararlilik.
4. Pullik majburiyatlar va majburiy to’lovlar bo’yicha ularni to’lash muddati kelgan kundan boshlab uch oydan ortiq muddati o’tgan qarz qonun hujjatlari yoki shartnomalarga muvofiq majburiy to’lovlarni to’lash bo’yicha majburiyatlar va kreditorlarning pullik majburiyatlar bo’yicha talablarini amalga oshirish vaqtidan boshlab belgilanadi (masalan, budjetga soliqlarni hisobot davridan keyingi ma’lum sanaga har oy yoki har chorakda to’lash muddatlari).