Vallarning geometrik o’qlari ixtiyoriy burchak bilan kesishgan xollarda konussimon g’ildiraklardan foydalaniladi. Ko’pincha, vallarning orasidagi burchak =900 bo’lgan uzatmalar ishlatiladi.
Konussimon g’ildiraklar tayyorlash silindrik g’ildiraklar tayyorlashga qaraganda birmuncha murakkab bo’lib, tishlar qirqish uchun maxsus asbob va stanoklardan foydalanishga to’g’ri keladi.
Konussimon g’ildirakli uzatma.
Konussimon g’ildiraklarni talab etilgan aniqlik bilan yig’ish ham qiyin.
Val o’qlarining o’zaro kesishuvi ularning tayanchlarini joylashtirishni qiyinlashtiradi va g’ildiraklarning biri faqat bir tomondan joylashgan tayanchga o’rnatiladi. Bu xoll uzatmaning ishlashida tishlarga ta`sir etuvchi kuchlarning noteis taqsimlanishga, bu esa qo’shimcha dinamikaviy kuchlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, konussimon uzatmalarda val o’qi bo’ylab yo’nalgan kuchning qiymati katta bo’lib, bu xoll tayanchlarning tuzatilishini murakkablashtirishga olib keladi. Biroq mashinalarda kesishgan vallar ishlatish zarurati tug’iladi, shuning uchun yuqorida ko’rsatilgan kamchiliklar bo’lishiga qaramay, konussimon g’ildiraklardan keng ko’lamda foydalaniladi. Bu uzatmalarning uzatish soni konus shaklidagi friksion singari topiladi:
Vallarning o’qlari orasidagi burchak 900 bo’lgan hollarda boshlang’ich konus burchagi orqali ifodalangan uzatish soni quyidagicha bo’ladi:
Ilashishda bo’lgan konussimon g’ildirakli uzatmalarning vallariga aylana Ft kuch, radial (val o’qiga tik) Fr kuch hamda val o’qi bo’ylab yo’nalgan Fx kuch ta`sir etadi. Ularning qiymatlari va o’zaro bog’liqligi haqidagi ma`lumotni tushunib olish qiyin emas.
Konussimon g’ildirakli uzatmadagi kuchlar.
Umumiy Fn kuch tish yo’nalishiga tik ta`sir etadi. Bu kuch tashkil etuvchilarga ajratilsa, biri aylana kuch Ft ni, ikkinchisi Fx va Fr ning umumiy ta`sir etuvchisi ni hosil qiladi. Demak, kuch tashkil etuvchilarga ajratilsa, Fr va Fx hosil bo’ladi. Binobarin, quyidagilarni yozish mumkin;
Vallarning geometrik o’qlari 900 burchak hosil qiladigan konussimon g’ildirakli uzatmalardagi kuchlar haqida gap borganda shesternya valiga tik yo’nalgan kuchning g’ildirak valining o’qi bo’ylab, shesternya valining o’qi bo’ylab yo’nalgan kuchning esa g’ildirak valiga tik yunalishini nazarda tutish lozim.
Umuman olganda konussimon to’g’ri tishli uzatmalarda o’q bo’ylab yo’nalgan kuchlar hamma vaqt konuslarning uchidan uning asosi tomon yo’nalgan bo’ladi. Bu uzatmalarda ham, silindrik uzatmalaridagidek, asosiy geometrik o’lchamlar boshlang’ich yoki bo’luvchi konus o’lchamlari orqali ifodalanadi.
bu yerda Re konus yasovchisining uzunligi; de1 va de2 shesternya va g’ildirak bo’lish aylanalarining diametrlari; mte – tishning sirtqi (keng) tomonidan aniqlangan modul`; mm – o’rta diametr bo’ylab aniqlangan modul`.
Geometrik o’lchamlarni aniqlashda hisobiy modul` sifatida tashkil etuvchisi boshlang’ich konusning tashkil etuvchisiga tik bo’lgan tashqi konus bo’yicha aniqlangan mte dan foydalaniladi.
Konussimon g’ildiraklarni hisoblashga doir sxema.
To’gri tishli konussimon g’ildirakli uzatmalarni eguvchi kuchlanish bo’yicha hisoblash
Konussimon g’ildiraklarning ko’ndalang kesimi konus uchidan asosi tomon proporsional o’zgarib boradi. Shuning uchun tishning hamma nuqtalaridan olingan ko’ndalang kesimi o’zaro o’xshash bo’ladi. Konus uchidan asosiga tomon ko’ndalang kesim yuzi kattalashib boradi. Bu degan so’z, tishning bikrligi har xil kesimlarda turlicha bo’ladi, demakdir. Shuning uchun tish bo’yicha uzunlik birligiga to’g’ri keladigan solishtirma kuch har xil bo’ladi.