Gazlar orqali elektr tokning o’tishini tekshirish uchun 1–rasmda tasvirlangan shema asosida elektr zanjir tuzaylik. Bu zanjirning bir qismi, ya’ni M va N plastinalar (elektrodlar) orasidagi qismi biror gazdan iborat bo’lsin. Shemadagi gal vanometr zanjir bo’ylab elektr tok oqmayotganligini ko’rsatadi, chunki oddiy sharoitlarda gazda zaryad tashuvchilar bo’lmaydi.
Demak, zanjir M va N elektrodlar orasida uzilgan bo’ladi. Shuning uchun zanjir orqali elektr tok oqishini ta’minlamoqchi bo’lsak, elektrodlar oralig’iga zaryad tashuvchilar kiritish yoki biror usul bilan elektrodlar orasidagi gazda zaryad tashuvchilar vujudga keltirish kerak. Gazda zaryad tashuvchilar vujudga keltirishning barcha usullarini ikki gruppaga ajratish mumkin:
a) gazdagi zaryad tashuvchilar tashqi faktorlar tufayli vujudga kelishi natijasida kuzatiladigan elektr tokni nomustaqil gaz razryad deyiladi.
b) M va N elektrodlar orasidagi elektr maydon ta’sirida vujudga kelgan zaryad tashuvchilar tufayli kuzatiladigan elektr tokni mustaqil gaz razryad deyiladi.
2. Nomustaqil gaz razryad.
Agar M va N elektrodlar orasidagi gazni qizdirsak yoki a, b, g, rentgen, ul trabinafsha nurlar bilan nurlantirsak, gaz molekulalarining ionlashuvi sodir bo’ladi. Ionlashuv jarayonining mohiyati quyidagidan iborat. Tashqi faktorlardan olgan energiya tufayli gaz molekulasidagi bir yoki bir necha elektron molekuladan ajralib chiqadi. Natijada molekula musbat zaryadlangan ionga aylanib qoladi. Ajralib chiqqan elektronlarning bir qismi neytral molekulalar bilan birlashib manfiy zaryadlangan ionlarni vujudga keltiradi.
Shuning uchun ham gazdagi (ionlashish jarayoniga sababchi bo’lgan tashqi faktorni ionizator (ionlashtiruvchi) deb ataladi.
Ionlanish jarayoni bilan bir qatorda gazda rekombinatsiya jarayoni ham sodir bo’ladi. Rekombinatsiya ionlanishga teskari jarayon bo’lib, bunda musbat va manfiy ionlarning yoki elektron va musbat ionning to’qnashuvi natijasida neytral molekulalar hosil bo’ladi.
Shunday qilib, gazlarda ionlanish jarayonida manfiy zaryad tashuvchilar (elektronlar va manfiy ionlar) hamda musbat zaryad tashuvchilar (musbat ionlar) teng miqdorda hosil bo’ladi, rekombinatsiya jarayonida esa teng miqdorda yo’qoladi.
Ionizator ta’sirida gazning birlik hajmida birlik vaqtda n+ dona musbat va n– dona manfiy zaryad tashuvchilar vujudga kelayotgan bo’lsin. Odatda n+=n– bo’lganligi uchun, oddiygina qilib, n juft zaryad tashuvchilar vujudga kelyapti, deylik.
Rekombinatsiya jarayoni tufayli Dn¢ juft ion kamayayotgan bo’lsin. Elektr maydon tufayli musbat zaryad tashuvchilar manfiy zaryadlangan N elektrodga, manfiy zaryad tashuvchilar esa musbat zaryadlangan M elektrodga tortiladi va ularda neytrallanadi. Buning natijasida Dn² juft ionlar kamayotgan bo’lsin. U holda gazning birlik hajmida birlik vaqtda kamayayotgan ionlarning umumiy soni
Dn=Dn¢+Dn² ifoda bilan aniqlanadi.