Musbat va manfiy ionlardan tashkil topgan suyuqlikka elektrolit deyiladi. Boshqacha aytganda ionli o’tkazuvchanlika ega bo’lgan eritmalarga elektrolitlar deyiladi. Manbaning (+) qutbiga ulangan elektrodni anod (A) deb, (-) qutbiga ulangan elektrodni esa katod (K) deb ataladi. Eritmadan tok o’tganda eruvchi (tuz, ishqor, kislota va b.) molekulalarining musbat va manfiy ionlarga ajralish jarayoniga elektrolitik dissotsatsiyalanish deyiladi. Elektrolitik dissotsatsiyalanishga teskari jarayon (musbat va manfiy ionlaming qo’shilib neytral molekulaga aylanishi) rekombinatsiyalanish deyiladi. Anodga tomon harakatlanuvchi ionlami anionlar deyiladi. Anionlar manfiy zaryadlangan ionlardir. Katodga tomon harakatlanuvchi ionlami kationlar deyiladi. Kationlar musbat zaryadlangan ionlardir. Suyuqliklarda elektr toki teng miqdordagi musbat va manfiy ionlaming qarama-qarshi tomonga qiladigan tartibli harakatidan iborat. Masalan, Mis sulfat (CuSO4) suvda eritilganda musbat (Cu2+) va manfiy (SO42+) ionlarga ajraladi, ya’ni elektrolitik dissotsatsiyalanish sodir bo’ladi. Eritmani tok manbaiga ulanganda Сu2+ ioni manfiy qutbga ulangan plastina (katod)ga tomon harakatlanib unga yopishadi, SO42+ ioni esa manfiy qutbga ulangan plastina (anod)ga tomon harakatlanadi. Plastinalami elektrodlar deyiladi. Elektrolitdan tok o’tganda elektrodlarda modda ajralish hodisasiga elektroliz deyiladi.
S