Elektromagnit maydon va uning xususiyatlari. Elektr maydoni (qisqacha tavsif)
Fizikadan ma’lumki, har qanday elektr va magnit hodisalari elektr va magnit maydonlarida sodir bo’ladi.
Eng sodda misollarda ko’rganda, elektr kuchlari deb, ikki zaryad
(yoki bir necha zaryadlar) o’rtasida hosil bo’ladigan kuchlarni tushunamiz. Bu kuchlar mexanikaviy kuchlarga o’xshab, o’zaro ta’sir etuvchi zaryadlar miqdoriga to’g’ri proporsional va ular orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsional bo’ladi (Kulon qonuni).
O’zaro tortishuvchi F12 va F21, F13 va F31 kuchlari teskari ishorali zaryadlarni, ya’ni q1 bilan q2 ni va q1 bilan q3 ni bir-biriga yaqinlashtirishga intiladi. O’zaro tarqalish kuchlari F23 va F32 esa bir xil ishorali q2 va q3 zaryadlarni bir-biridan uzoqlashtirishga intiladi. Bu kuchlar tegishlicha – KL, MN va ST chiziqlari bo’ylab yo’nalgan bo’ladi. Kuchlarning o’zaro F12 =-F21, F23 =-F32 va F31 =-F13 bo’lganini hisobga olsak, ularni faqat absolyut qiymatlariga murojaat qilsak ham
1-rasm.
bo’ladi. Shunday qilib, Kulon qonuniga asoslanib, quyidagilarni yozamiz:
Agarda zaryadlarni biror fazo ichida ixtiyoriy tartibda joylashgan deb va ularning sonini ham ixtiyoriy deb olsak, ularning o’zaro ta’siri ostida ko’p tomonga yo’nalgan kuch chiziqlari KL, MN, ST va h.k. hosil bo’lishi aniqdir. Endi faraz qilaylik, q1, q2, …, qn zaryadlar joylashgan fazo, ya’ni elektr maydon ichidagi biror ―a‖ nuqtada q0 =1 zaryad ham joylashgan (2-rasm). Bu shartli sinov zaryadni birga teng deb olamiz
2-rasm.
va uning miqdorini shunchalik kichik deb hisoblaymizki, uning q:, q2,…,qn zaryadlar bilan o’zaro ta’sirlanishi natijasida hosil bo’lgan kuch F0 faqat shu q0 zaryadnigina harakatlantira oladi. Ya’ni zaryad q0 boshqa zaryadlarni joyidan siljita olmaydi, deb tushunamiz. q0 sinov zaryadga ta’sir etuvchi natijaviy kuch quyidagicha aniqlanadi:
Ya’ni uning yo’nalishi va miqdori fazoning qaysi joyida manzil topishiga bog’liq. Masalan, q0 manzili a’ nuqta bo’lsa, unga ta’sir etuvchi kuch 0 ‘ ga teng. Agar q0 o’z joyini a’ dan a” ga o’zgartirsa, unga ta’sir etuvchi kuch ’0” ga teng bo’ladi (2-rasm). Tabiiyki, 0≠0‘≠ 0“, chunki R1≠R1‘≠R1“, R2≠R2≠R2” va h.k. Demak, fazoning har bir qismida (uchastkasida, nuqtasida va h.k.) zaryad har xil holatda bo’lib, masofalarga bog’liq o’zgaruvchan kuchlar ta’sirida bo’ladi. Agar har bir nuqtadagi kuch miqdorini ushbu sinov zaryad q0 ga bo’lgan nisbatini olsak, y
bo’ladi.
Bu yerda E0 elektr maydonining kuchlanganligini ifodalaydi.
Masalani soddalashtirish maqsadida q zaryadi hosil qilgan maydondagi R ga teng masofada joylashgan q0 zaryadga kuchi ta’sir
etayotgan bo’lsa, maydon kuchlanganligi ga teng bo’ladi.
Ifodadan ko’rinib turibdiki, q1 asosiy zaryad q dan qancha uzoqlashsa, maydon kuchlanganligi o’shancha kamayib boradi. Faqatgina R=∞ bo’lgandagina, F0 =E0 =0 bo’ladi, ya’ni q0 elektr maydoni ta’siridan chiqib ketgan bo’ladi.
Elektr maydonini tavsiflovchi parametrlarning o’lchov birliklarini quyidagicha ifodalash lozim:
zaryad q [Kl] – Kulon; 1 Kl=1A∙s (Amper sekund),
dielektrikning absolyut singdiruvchanligi εa = ε1*ε0 [Φ/m] – Farada
taqsim metr, rostlovchi masofa R [m] – metr, kuch F [J/m] – Joul taqsim metr, kuchlanganlik [V/m] – Volt taqsim metr.