Diffuziya prosessisining sekin o`tishini oson tushuntirib beradi. Buning sababi shuki, havo gaz molekulalari bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko`chishi uchun bir nuqtalarni birlashtiruvchi to`g`ri chiziqdan hisoblangan masofaga qaraganda bir necha marta uzoq bo`lgan siniq chiziq shakldagi yo`lni o`tishlari kerak.
Bunday sifatiy tushuntirishdan tashqari, kinetic nazariya diffuziya koeffesentining kattaligini miqdoriy baholash va uni molekulyar kattaliklar – molekulalarning erkin yugurish yo`li uzunligi hamda issiqlik harakatidagi tezliklari orqali ifodalashga imkon beradi.
Bug` aralashmasi solingan suv chuchitgichda konsentrasiyalar farqi o`zgarmas saqlanadigap (demak, gap stasionar prosess haqida boradi) X o`qiga perpundikulyar S yuzni olaylik. Aniq bo`lishi uchun n1>n2 deb olamiz. Issiqlik harakati tufayli bizni qiziqtiradigan kompanentaning molekulalari S yuz orqali chapdan unga ham, ungdan chapga ham o`tadi. Yuzning ikki tomonidagi konsentrasiyalarning mavjud farqi tufayli X o`q bo`ylab qanday dirdiffuziya oqimi yuzaga keladi, bu oqim ravshanki, S yuzning 1 sm2 ni uning tekisligiga perpendikulyar ravishda 1 sek da X o`qning musbat qiymatlari yo`nalishida (o`ngga) kesib o`tadigan N1 molekulalar soni bilan ana shu yuzni shu vaqt ichida qarama qarshi yo`nalishda (chaga) kesib o`tadigan molekulalar soni N2 orasida ayrimaga teng bo`ladi:
N=N1-N2
1 sm2 yuzni kesib o`tayotgan molekulalar sonini qanday aniqlash kerak. Agar barcha molekulalar X o`qi bo`ylab yo`nalgan birday v tezlik bilan harakatlanganda edi, u holda 1 sm2 yuzni 1 sek da kesib o`tayotgan molekulalar soni nv ga teng bo`lar edi, bu yerda n –hajm birligidagi molekulalar soni.